Odoo

Qo'ng'iroq CRM'dagi lead kartochkasiga tushadi

Modul o'rnatiladi, kalit kiritiladi — shundan keyin har qo'ng'iroq Odoo CRM'da to'g'ri lead yoki opportunity kartochkasiga o'zi biriktiriladi.

Odoo'da nima ko'rinadi

01

CRM kartochkasida qo'ng'iroqlar tarixi

Qo'ng'iroq CRM modulidagi lead yoki opportunity kartochkasiga yoziladi: kim qo'ng'iroq qildi, qachon, qancha davom etdi, javob berildimi. Menejer kartochkani ochib butun aloqa tarixini ko'radi.

02

Operator Odoo foydalanuvchisiga bog'lanadi

Qo'ng'iroqni qaysi xodim qilgani email bo'yicha Odoo foydalanuvchisiga moslanadi. Ya'ni kartochkada «kim gaplashdi» aniq ko'rinadi va hisobotlar to'g'ri chiqadi.

03

Yozuvni Odoo'ni tark etmasdan tinglash

Audio faylga muddatli havola beriladi — Odoo uni o'zi tortadi. Boshqa tizimga o'tish shart emas.

Qaysi kartochkaga tushishi qanday aniqlanadi

Bu yerda «kartochka» degani — Odoo CRM'dagi lead yoki opportunity yozuvi. Bog'lanish telefon raqami orqali quriladi, boshqa hech narsa orqali emas.

  1. 01Qo'ng'iroq raqami xalqaro formatga keltiriladi (masalan +998901234567) — telefon qanday yozgan bo'lishidan qat'i nazar.
  2. 02Shu raqam bo'yicha Odoo kontaktlari orasidan mos keluvchisi qidiriladi.
  3. 03Kontakt topilsa — unga bog'langan ochiq lead yoki opportunity qidiriladi.
  4. 04Ochiq kartochka topilsa, qo'ng'iroq o'shanga biriktiriladi. Yangi kartochka yaratilmaydi — dublikat chiqmaydi.
  5. 05Mos kartochka topilmasa, yangi opportunity avtomatik yaratiladi va qo'ng'iroq unga biriktiriladi. Ya'ni birinchi marta qo'ng'iroq qilgan raqam ham CRM'da yo'qolmaydi.

Vaqti va sozlamasi

Kartochka qo'ng'iroq tugagach biriktiriladi yoki yaratiladi — odatda bir necha soniya ichida.

Avtomatik yaratish sozlamadan boshqariladi va default yoqilgan. O'chirib qo'ysangiz, mos kartochka topilmagan qo'ng'iroqlar yangi opportunity yaratmaydi — ular faqat kontaktga yoziladi.

Ulash tartibi

  1. 01Kabinetda API kalit olinadi va webhook manzili kiritiladi.
  2. 02Odoo Apps'dan `levelix_calls_crm` moduli o'rnatiladi.
  3. 03Modul sozlamalarida kalit va manzil kiritiladi, operatorlar Odoo foydalanuvchilariga moslanadi.
  4. 04Sinov qo'ng'irog'i qilinadi — CRM'da kartochka paydo bo'lgani tekshiriladi.

Modul Odoo 19 uchun. O'rnatishda yordam kerak bo'lsa bog'laning.

Qo'ng'iroqlaringizni bugun nazoratga oling

Bir necha daqiqada o'rnating.