Muammolar va savollar

Savol-javob

Eng ko'p so'raladigan savollar.

Xodim ilovani o'chirib qo'ysa nima bo'ladi?

Qo'ng'iroqlar yig'ilmay qoladi va kabinetda qurilma «oflayn» bo'lib ko'rinadi. Administrator buni darrov ko'radi.

Ilova batareyani ko'p yeydimi?

Yo'q. Ilova doimiy ishlamaydi — u qo'ng'iroq tugaganda uyg'onadi, faylni yuboradi va yana uxlaydi.

Internet yo'q bo'lsa qo'ng'iroq yo'qoladimi?

Yo'q. Qo'ng'iroq va yozuv telefonda navbatga qo'yiladi, aloqa tiklanganda avtomatik yuboriladi.

Yozuvlar qancha saqlanadi?

Standart muddat — 30 kun. Uni sozlamalardan o'zgartirish mumkin. Muddat tugagach audio fayl o'chadi, qo'ng'iroq haqidagi ma'lumot esa qoladi.

Xodimning shaxsiy qo'ng'iroqlari ham yig'iladimi?

Agar shaxsiy SIM kuzatuvdan chiqarilgan bo'lsa — yo'q, ular telefondan umuman chiqmaydi. Bu sozlama telefonning o'zida yoqiladi.

Ma'lumotni o'zimda saqlash mumkinmi?

Qo'ng'iroqlarni CSV qilib, yozuvlarni fayl sifatida istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin.

Yechilmadimi? Biz bilan bog'laning